AsosiyJamiyat

“UzAutoMotors” AJ shikoyati bo`yicha navbatdagi sud majlisida kimlar tinglandi?

'“UzAutoMotors” AJ shikoyati bo`yicha navbatdagi sud majlisida kimlar tinglandi?'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilishi bo`yicha qo`zg`atilgan ishni 19 avgust kuni ko`rib chiqilgan edi.

Qo`zg`atilgan ishning ko`rib chiqilishida kompaniyadan biror vakil qatnashmagach,  ish oxirida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining maxsus komissiyasi “UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so`mgacha tushirishi kerakligi to`g`risida qaror qabul qilgandi.

Shundan so`ng "UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma`muriy sudiga shikoyat kiritgan edi

2 oktyabr kuni Toshkent shahar ma`muriy sudida “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasining ishiga oid qarorini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlangan edi. 

9 oktyabr kuni ushbu  sud jarayoni davom etdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma`lum qildi.

Bugungi sud majlisida dastlabki so`z navbati arizachi “UzAutoMotors” AJ vakiliga berilgan. U o`z vajida javobgar o`tkazilgan tekshirish natijalariga ko`ra, maxsus komissiyasi tomonidan ishni ko`rishda qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yilganligi, jumladan komissiya yig`ilishi 3, 7 avgust kunlari o`tkazilgan bo`lsada, mazkur yig`ilish bayonnomalari yuritilmaganligini aytdi. Uning ta`kidlashicha, faqatgina komissiyaning 19 avgust, ya`ni qaror qabul qilingan kundagi yig`ilish bayonnomasi mavjudligi, maxsus komissiyaga yig`ilishni o`tkazishni boshqa kunga qoldirish to`g`risidagi iltimosnoma kiritilgan bo`lsada, Nizomning 18-bandi talabi buzilib, ish “UzAutoMotors” AJ vakili ishtirokisiz ko`rilib, jamiyatga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklanganligini, shuningdek jamiyatda o`tkazilgan tekshirish dalolatnomasida ko`rsatilmagan holatlar komissiya yig`ilishida muhokama qilinganligi, komissiya a`zolari tarkibida MQKQ raisi N. Sharipov bo`lmasada, yig`ilishda ishtirok etganligi, tekshirish davomida avtomobillarning tan narxi asossiz oshirilgan degan nomaqbul dalillar keltirilganligini bildirib, tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni inkor etuvchi hujjatlar taqdim etildi.

Shuningdek, arizachi vakili tomonidan sudga iltimosnoma kiritilib, jamiyatda o`tkazilgan tekshirishga asos bo`lgan hujjatlarni taqdim etish so`raldi.

Ushbu iltimosnomani qanoatlantirish to`g`risida sud o`z o`rnida ajrim qildi.

Shundan so`ng,  Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi vakillarining arizachi talablariga nisbatan keltirilgan vajlari tinglandi.

Barcha taraflarning fikri tinglanganidan so`ng, arizachi “UzAutoMotors” AJ vakili tomonidan dastlabki sud majlisida kiritgan iltimosnomani muhokama qilishni, ya`ni jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning tan narxi shakllantirilishida maxfiy hujjatlarga asoslanilganligi, MQKQ tomonidan esa ushbu hujjatlar tegishli tartibda o`rganilmasdan qaror qabul qilinganligini, shu sababli o`tkazilgan tekshirish va qabul qilingan qarorga nisbatan o`z e`tirozlarini bildirishlari lozimligini ma`lum qilib, sudga “maxfiy” grifi ostidagi hujjatlarni taqdim etib, sud majlisini mazkur muhokama qismini yopiq tarzda o`tkazish so`raldi.

Ushbu iltimosnomani muhokama qilish va sud muhokamasiga taqdim etilgan qo`shimcha dalillarni o`rganish uchun ishni ko`rish keyinga qoldirildi.

Navbatdagi sud majlisi 2020 yil 16 oktyabr kuni soat 10.00 da o`tkaziladi.

Mavzuga oid quyidagi materiallarni o`qib batafsil ma`lumotga ega bo`lishingiz mumkin:

Deputat: Monopolistlarimizning “bezbetlarcha” katta-katta mablag`larga ega bo`layotganligi asablarni tarang qilmoqda

 

Men Siz haqingizda ko`pchilikka ma`lum haqiqatni aytaveraman: Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz — Kusherbaev yana "O`zavtomotors"ga

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisiga engil avtomobillar narxini oshirilishi bo`yicha deputatlik so`rovi yuborildi

 

«UzAutoMotors» deputat Rasul Kusherbaevning engil avtomobillar narxlarini oshirish bo`yicha aybloviga munosabat bildirdi

 

O`zbekistonda avtomobillar narxlari 3 mln so`mdan 19 mln so`mgacha tushiriladi, martdan boshlab mashina olganlar uchun narxlar qayta hisoblanadi

 

"Yo`q obro`ga qanday putur etkazish mumkin?!" Deputat “UzAutoMotors”ning Kusherbaev ustidan arz qilayotgani ortidan achchiq haqiqatlarni aytib tashladi

 

“UZAUTOMOTORS” qaysi avtomobillarni qanchadan qimmat narxda sotganligi ma`lum bo`ldi

 

Bir guruh deputatlar “UZAUTOMOTORS” masalasida korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga deputatlik so`rovi kiritishdi

 

O`zLiDeP nega “O`zavtomotors” ustidan hukumatga emas Raqobat qo`mitasi va Prokuraturaga arz qildi? — Alisher Qodirov

 

“UzAuto Motors” avtomobillar narxlarini tushirmaydi — Rasmiy bayonot

    Boshqa yangiliklar