AsosiyJamiyat

"UzAuto Motors"ning Qo`mita tomonidan OAVga bosim qilayotgani haqidagi da`vosi o`z isbotini topmadi — AOKA

'"UzAuto Motors"ning Qo`mita tomonidan OAVga bosim qilayotgani haqidagi da`vosi o`z isbotini topmadi — AOKA'ning rasmi

Xabaringiz bor, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilishi bo`yicha qo`zg`atilgan ish 19 avgust kuni ko`rib chiqilgan edi.

Qo`zg`atilgan ishning ko`rib chiqilishida kompaniyadan biror vakil qatnashmagach,  ish oxirida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining maxsus komissiyasi “UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so`mgacha tushirishi kerakligi to`g`risida qaror qabul qilgandi.

Shundan so`ng "UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma`muriy sudiga shikoyat kiritgan edi

2 oktyabr kuni Toshkent shahar ma`muriy sudida “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasining ishiga oid qarorini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlangan .

Mazkur jarayonlar barobarida "UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan OAVga bosim bo`layotganini da`vo qildi.

«UzAuto Motors» OAVga Qo`mita tomonidan bosim o`tkazilayotganini da`vo qilganidan so`ng AOKA vaziyatni o`rganishga kirishgan edi.

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi «UzAuto Motors» AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan qator OAVga bosim o`tkazilgani qayd etilgan rasmiy bayonotidagi vaziyatni o`rganib chiqqani haqida xabar qildi.

Ushbu masalani o`rganish natijasida «UzAuto Motors» AJ taqdim etgan ma`lumot o`z tasdig`ini topmadi. Agentlik tomonidan 15 ta etakchi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari o`rtasida so`rov o`tkazilib, mazkur sud ishini yoritishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan hech qanday bosim o`tkazilmagani qayd etildi.

Ushbu masala yuzasidan AOKA tomonidan «UzAuto Motors» AJga asossiz ma`lumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha tegishli ogohlantirish kiritiladi.

Agentlik yana bir bor asossiz, yolg`on ma`lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib o`tadi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda OAVga tarqatilayotan ma`lumotlarning asosliligini tekshirishni tavsiya qiladi.

Mavzuga doir:

Qo`mita «UzAutoMotors»ni davlat organiga nisbatan axloqiy me`yorlardan chiqmagan holda mulohaza yuritishga chaqirdi

“UzAutoMotors” iltimosi qanoatlantirildi: mashinalarning narxi nega yuqori ekanligi yopiq sudda muhokama qilinadi

Rasul Kusherbaevning keyingi sudlarga mutlaqo tashrif buyurmaganligi hayratlanarli — “UzAutoMotors” keskin chiqish qildi

    Boshqa yangiliklar