AsosiyJamiyat

IIB xodimiga dubinka duch kelgan fuqaroni kaltaklashga berilmagan — Rasul Kusherbaev

'IIB xodimiga dubinka duch kelgan fuqaroni kaltaklashga berilmagan — Rasul Kusherbaev'ning rasmi

Bugun jurnalist Alisher Ro`zioxunov 22 dan 23 oktyabrga o`tar kechasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kaltaklanganligi xaqida xabar qilingan edi. 

Shundan so`ng, Toshkent shahar IIBB holatga munosabat bildirib, voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda jurnalist A.Ro`zioxunovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishini ma`lum qildi. 

Bugun holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Jamoatchilik munosabat bildirmoqda. Xususan, deputat Rasul Kusherbaev ham...

"Ichki ishlar sohasini isloh qilish kerakmi, degan savol so`nggi vaqtlarda ko`p bora yangrayapti. Xususan kuni kecha fuqaro Alisher Ro`zioxunov bilan yo`l harakati xavfsizligi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan holat bu savolni yana kun tartibiga olib chiqmoqda.

To`g`risi A.Ro`zioxunovning avtomobilda harakatlanishi jarayonida qanday noto`g`ri harakat qilganini bilmayman, biroq bilganim shuki har qanday holatda bo`lsin ichki ishlar xodimiga rezina tayoq(dubinka)  kuchini ko`rsatish uchun duch kelgan fuqaroni kaltaklashga berilmagan.  

Yana bir muhim jihati shundaki, qonunlarni qo`llash, ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan munosabatlarida shaxsning kasbi, ijtimoiy mavqei va darajasiga qarab emas umumiy maqom ya`ni, fuqaro tushunchasi orqali amalga oshirilmayotganligi tenglik prinsipining qog`ozda qolib ketayotganligini ko`rsatmoqda. Masalan, kechagi vaziyatda fuqaro Ro`zioxunov kaltaklanib so`ng uning jurnalist ekanligi aniqlangach, «tinchlik posponlari»ning tarqab ketgani va ichki ishlar mas`ullarining fuqarodan vaziyat uchun uzr so`ragani amalda ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan munosabatda yaqqol notenglik va qonunsizlikka yo`l qo`yishganligini ko`rsatmoqda.  

O`ylab ko`ring: agar shu holatda jurnalist emas prokuror yoki hokim bo`lganida nima bo`lardi? Agar ishsiz va hech qanaqa «tanishi» yo`q fuqaro bo`lsachi? Bu yog`ini tasavvur qilish qiyinmas menimcha.

Asosiy muammo shu erda. Ya`ni ichki ishlar sohasida isloh kerak. Bu isloh jamiyatda qonun va davlat xizmatchilariga nafrat emas, hurmat uyg`otuvchi profilaktik harakatlar majmuidan iborat tizimdan iborat bo`lishi lozim.  

Kechagi bo`lgan xodisani esa huquqni muxofaza qilish idoralari hatti-harakatlariga mos bo`lmagan, absurd ish, deb hisoblayman", - o`z munosabatini yozib qoldirgan deputat.

Mavzuga doir:

Qonun barcha uchun barobar bo`lishi kerak — Saida Mirziyoeva jurnalistning kaltaklangani haqida

Jurnalist bilan bo`lgan holatdan xavotirdamiz va vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz — Allamjonov

"Demak, men voqeani buzib talqin etganman?!" IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan jurnalist "tekshiruv" qanday yakunlanishini taxmin qildi

 

    Boshqa yangiliklar