AsosiyJamiyat

Manfaatlar to`qnashuvi uchun javobgarlikning o`zi yo`q — deputat hokimliklardagi tenderlar haqida

'Manfaatlar to`qnashuvi uchun javobgarlikning o`zi yo`q — deputat hokimliklardagi tenderlar haqida'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev 29 dekabr kuni Kongress xollda o`tkazilgan davlat rahbarining murojaatnomasiga bag`ishlangan tadbirdan so`ng jurnalistlarga intervyu berdi. «Gazeta.uz»ning xabar berishicha, u davlat xaridlari sohasida manfaatlar to`qnashuviga oid holatlarga qonunchilikda javobgarlik belgilanmaganini ta`kidlagan.

«Jizzax bilan Andijonda bo`layotgan voqealar aslida o`zi yangilik emas. Faqatgina jamoatchilikka endigina oshkor qilingani uchun «xayp» yaratayapti. Bu aslida, yillar davomida amalga oshirilib kelinayotgan amaliyot. Birinchi marotaba bo`layotgani yo`q, bu ikki voqea aslida «aysberg»ning uchi. Ushbu muammoni deyarli hamma viloyatda topasiz. Bu muammoga Jizzax yoki Andijon misolida emas, balki biz tizimli echim taklif qilishimiz kerak», — dedi deputat.

Shu bilan birga, u viloyatlardagi davlat buyurtmalariga oid tender savdolarida tanish-bilishchilik holatlarini Andijon viloyati prokuraturasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o`rganishi bo`yicha ham fikr bildirdi.

«Ularning tekshiruvi natijasida mablag`larni noqonuniy o`zlashtirish bo`lsa, jinoiy javobgarlik qo`llash mumkin. Lekin agar ko`rsatilgan mablag`larga etarli xizmat taqdim etilgan bo`lsa, bunga javobgarlikning o`zi yo`q. Afsuski qonunlarimiz shunaqa», deya qayd etdi Doniyor G`aniev.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev 29 dekabr kuni Kongress xollda o`tkazilgan davlat rahbarining murojaatnomasiga bag`ishlangan tadbirdan so`ng jurnalistlarga intervyu berdi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, u davlat xaridlari sohasida manfaatlar to`qnashuviga oid holatlarga qonunchilikda javobgarlik belgilanmaganini ta`kidlagan.

Deputat parlament quyi palatasi 1 dekabr kuni qabul qilgan yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari to`g`risida"gi qonun loyihasida mazkur muammo o`z echimini topganini ta`kidladi.

«Davlat xaridlari to`g`risidagi yangi qonun, o`ylaymanki, mana shu muammolarga tizimli echim bo`yicha ilk qadam bo`ladi. Bu qonun bilan birinchi marta ma`muriy javobgarlikni belgilaymiz. Hozir Jizzax va Andijondagi voqeada huquqiy javobgarlikning o`zi yo`q. Manfaatlar to`qnashuvi bor. Lekin agar u pulni o`marmagan bo`lsa, ya`ni belgilangan mablaqqa xizmat ko`rsatgan bo`lsa, unga javobgarlik yo`q. U faqat manfaatlar to`qnashuvi bo`yicha davlat xaridlarini buzgan, lekin javobgarlik qonunda belgilanmagan. Biz shu muammoni Qonunchilik palatasida yangi qonun bilan echib, uni qabul qildik. Hozir Senatga ketgan. Qonun bilan eng yuqorisi — 50 baravargacha (BHMning miqdori — tahr.) ma`muriy javobgarlik belgilayapmiz, texnik xato bo`lsa 10 baravargacha jarima qo`llaniladi», — dedi Doniyor G`aniev.

Deputat, shuningdek, aslida bu jarima etarli bo`lmasligi mumkinligini ham qo`shimcha qildi.

«Aslida mening fikrim, bu ham hozircha kam, — dedi deputat. Qarshiliklar ko`p bo`ldi, parlamentning o`zida kammi, ko`pmi? degan muhokama bo`ldi. Mana shuni joriy etsak, birinchi qadam bo`lsa, buni amaliyotda natijasini ham ko`ramiz. Ya`ni jarimalarning joriy etilishi ijobiy natija beradimi yoki etarli emasmi? Etarli bo`lmasa, keyingi qadam — kerak bo`lsa manfaatlar to`qnashuvi qismiga jinoiy javobgarlikni belgilash kerak. Buni endi amaliyotda bosqichma-bosqich ko`ramiz», — deya qo`shimcha qildi deputat.

Eslatib o`tamiz, sal avval tanish-bilishchilikka asoslangan jizzaxcha va andijoncha tender haqida xabar qilingan edi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzaxdagi holat bo`yicha tekshirish boshlanganini ma`lum qilgan. Shuningdek, bir necha kun avval Xorazmda 20 mlrd so`mlik davlat buyurtmasini “zamhokim”ining ukasiga tegishli kompaniya yutgani xabar qilindi.

    Boshqa yangiliklar