Sahifamizda joriy yilning 4 mart kuni taxminan soat 14.50 da Mirzo-Ulug`bek tumani S-1 massividagi 17-son uyning yaqinida noma`lum shaxs qiz bolaning bo`ynidan qimmatbaho metalldan ishlangan 5 mln so`mlik zanjirini yulib qochgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga berilgan Abdumalikov Bekzod qo`lga olindi.
"Jinoyatchini turar joyini aniqlashda ko`maklashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz",–deyiladi IIBB xabarida.