AsosiyShou-biznes

"U san`atkormas, masxaraboz". Xonanda Xusan Jahongir Otajonovning san`atga qaytganiga munosabat bildirdi (video)

Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov san`atga yana qaytgani va onasi uchun konsert bermoqch...

'"U san`atkormas, masxaraboz". Xonanda Xusan Jahongir Otajonovning san`atga qaytganiga munosabat bildirdi (video)'ning rasmi

Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov san`atga yana qaytgani va onasi uchun konsert bermoqchiligi haqida xabar bergan edik. 

Xonandaning bu bayonoti ortida ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralar boshlandi. Xususan, xonanda Xusan san`atga qaytgan Jahongir Otajonov xaqida yana bir bor video murojat yo`lladi.



"Iltimos Jahongir Otajonovga o`xshab fikr qilmanglar. Sal aqlni ishlatinglar. U dinimizda san`at xarom, shariatimizga to`g`ri kelmaydi deb gapirdi. Yana san`atga qaytayapti. Menga shu narsa botyaptiki, muqaddas dinimizning ustidan kulayotgandek bo`lyapti. Shu menga og`ir botdi.  

Sna`at mayli lekin dinni ustidan kulmasin. San`atkormas u, masxaraboz",–degan xonanda o`z murojaatida.

Boshqa yangiliklar