Tailandning Bangkok shahrida 16 may kuni yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar jabrlanganga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
17 may holatiga ko‘ra, jarohat olganlarning 15 nafariga shifoxonadan javob berilgan, 18 nafari esa davolanmoqda. Hozircha halok bo‘lganlardan ikki nafari Tailand fuqarosi ekani aniqlangan.
Bangkokdagi Police General Hospital sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat O‘zbekistonning Tailanddagi konsullik muassasasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.






