2021 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda 14–30 yoshdagi doimiy aholi soni 9 million 726 ming 608 nafarni tashkil etadi.
Davlat statistika qo`mitasi bu haqda xabar qildi.
Qayd etilishicha, yuqorida ko`rsatilgan raqamlardan jami 4 973 204 nafari o`g`il bolalar bo`lsa, qiz bolalar esa 4 753 404 nafar.
Ma`lumot uchun, 2021 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 10 million 175 ming 819 nafarni tashkil etgan.
Eslatib o`tamiz, bundan bir muddat avval "O`zbekistonda ayollar ko`pmi yoki erkaklar?" sarlavhali xabar bergandik. O`shanda statistik ma`lumotlar erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko`pligini ko`rsatgan edi.






