AsosiyJamiyat

ATK vaziri va bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda

'ATK vaziri va bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda'ning rasmi

Kecha, 3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi vaqtinchalik uzilish holatidan keyin Olimjon Umarov va Shuhrat Sodiqov rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ma`lum qilinishicha, internet-platformalar faoliyatini cheklash bilan bog`liq kechagi voqea ortidan bosh vazir maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig`i Olimjon Umarov hamda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov egallab turgan lavozimlaridan ozod  etildi.

Ma`lumot uchun, Shuhrat Sodiqov 2018 yil avgustidan buyon axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Olimjon Umarov 2020 yil mayida O`zbekiston bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig`i lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi boshlig`i Ziyaev G`olibsher Meliboevich ishdan olingani haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar