1

Toshkentda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 05.11.2021, 11:12
Toshkentda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani hududida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida tezkor tadbir o`tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro M.N.ning xonadoni ko`zdan kechirilganida, xonadonda umumiy qiymati salkam 13 million so`mlik 51 konvalyutada (har birida 10 donadan kapsula) “Selofen nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligini aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1