1

Chinozda fermer xo`jaligining er maydonini 25 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Jinoyat 05.11.2021, 14:35
Chinozda fermer xo`jaligining er maydonini 25 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo`limi hamda DXXning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro M.X. o`zgalar mulkini qo`lga kiritish maqsadida, fuqaro O.ning ishonchiga kirib, u bilan “R.F.” fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 1,8 gektar er maydonini 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1