AsosiyJAMIYAT

Chegaralarda har 6 soatda nikotin mahsulotlari musodara qilinmoqda

Ko'chalarda, bozorlarda yoki yoshlar orasida tez-tez uchraydigan nosvoy ko'pchilik tomonidan “zararsiz odat” sifatida qabul qilinadi.

'Chegaralarda har 6 soatda nikotin mahsulotlari musodara qilinmoqda'ning rasmi

Biroq aslida bu mahsulot inson salomatligi, ayniqsa kelajak avlod uchun jiddiy xavf tug'diradi. Arzonligi va yashirin iste'mol qilinishi tufayli nosvay tobora keng tarqalmoqda. Eng xavflisi - uning oqibatlari jamiyatga yetarlicha tushuntirilmayapti.

Bugun Bojxona qo'mitasi va qator tashkilotlar hamkorligida “Nikotin muqobillarini tartibga solishning dolzarbligi: jamoat salomatligi va iqtisodiyot manfaatlari muvozanati” mavzusida muhokama o'tkazildi. Tadbirda iqtisodchilar, xalqaro ekspertlar, davlat organlari vakillari, tibbiyot sohasi mutaxassislari, OAV va fuqarolik sektori vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar nafaqat cheklovlarning tibbiy oqibatlari, balki yashirin savdoning iqtisodiy xatarlari, mahsulot sifati ustidan nazorat hamda tartibga solishning bozor va iste'molchilarga ta'sirini ham muhokama qildilar. Muhokamada xalqaro ekspertlar, iqtisodchilar, davlat organlari, tibbiyot sohasi, OAV va fuqarolik jamiyati vakillari faol qatnashdi.

Ko'plab ishtirokchilar quyidagi mavzularda ma'ruzalar taqdim etdilar: taqiqlarning oqibatlari va noqonuniy bozor o'sishi tahlili, chekishni kamaytirish bo'yicha xalqaro innovatsion yondashuvlar - Fors ko'rfazi davlatlaridan Markaziy Osiyogacha, tartibga solishning xalqaro modellari va ularning jamoat salomatligi ko'rsatkichlariga ta'siri. Shuningdek, sifatsiz va qo'lbola usulida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan bog'liq tibbiy xatarlar, kontrabanda va mahsulot sifati nazorati masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, so'nggi yillarda mamlakatimizga tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirish holatlari ko'paygani alohida ta'kidlandi. Xusan Tangriyev ushbu masalaga alohida to'xtalib o'tdi (video).

Olimlar va tadqiqotchilar fikriga ko'ra, O'zbekistonda bo'yin va og'iz bo'shlig'i saratoni yuqori darajada uchrashi nosvoy iste'molining oqibatlari bilan bevosita bog'liq. Spikerlarning aytishicha, yaqin vaqtagacha nosvoy aniq huquqiy normalar doirasida tartibga solinmagan va bugungi kunda ham deyarli nazoratsiz qolmoqda. Uning tarkibi hududga qarab farqlanadi, ishlab chiqarish esa ko'pincha qo'lbola usulida amalga oshiriladi. Qadoqda 1 gramm nasvay tarkibida qanday moddalar va ularning ulushi ko'rsatilmaydi, shuningdek ushbu mahsulotga aktsiz solig'i ham to'lanmaydi. 

Mutaxassislar, shuningdek, bozorda tartibga solinadigan nikotin muqobillari yo'qligi xavfli va sertifikatlanmagan mahsulotlarga talabning davom etishini ta'kidladilar.

    Boshqa yangiliklar