AsosiyJinoyat

​​Namanganda ikki erkak o`rtasidagi janjalni to`xtatmoqchi bo`lgan profilaktika inspektori pichoqlandi (video)

'​​Namanganda ikki erkak o`rtasidagi janjalni to`xtatmoqchi bo`lgan profilaktika inspektori pichoqlandi (video)'ning rasmi

Namangan viloyati Chortoq tumanida ikki erkak o`rtasida yuzaga kelgan janjalni to`xtatishga uringan profilaktika inspektori pichoqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, fuqarolardan biri tanishiga 2020 yil dekabr oyida 4,5 million so`m qarz bergan. Biroq u salkam bir yildan buyon qarzini qaytarib ololmagani sabab tuman IIBga murojaat qilib, pulni undirib berishni so`ragan.

Profilaktika katta inspektori kapitan O.B. arizachi bilan qarzdorning uyiga borib, vaziyatni tushuntirgan.

Qarzdor ichki ishlar bo`limiga borishi kerakligini eshitgach, uyiga kirib ketib, oshxona pichog`i bilan chiqqan va tanishiga tashlangan. Ikki erkakni ajratishga uringan inspektorga pichoq orqali jarohat etkazilgan. O`g`ir tan jarohati olgan xodim arizachining mashinasida tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Ko`rsatilgan tezkor yordam natijasida inspektorning hayoti saqlab qolingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar