Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`teazildi.
Unda, fuqaro S.G. fuqaro T.ning otasi YaTT B.ga sabzavotchilik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ajratilgan 60 sotix er maydonini sotish va hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga oldindan kelishilgan 12 000 AQSh dollaridan 3 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






