Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tuman bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, “M.O.H” MChJning Toshkent tumani uy-joy kommunal xo`jaligi ekspluatasiya bo`yicha boshliq o`rinbosari Sh.K. “N.F.” MChJning ichimlik suvidan 7,9 mln so`mlik qarzdorligini elektron tizimga kiritmaslik hamda qarzdorligi yo`qligi haqida ma`lumotnoma berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






