Avvalrlq, Toshkentda avtobus piyodani urib ketib, halok qilgani haqida xabar qilingan edi.
Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Keltirilishicha, kecha, 10 dekabr kuni soat 18:40 larda, "2-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi saroy raqami 23 bo`lgan, Mersedes-Benz LF rusumli, avtobus haydovchisi T.J (1990-yilda tug`ilgan, staji - 5 yil) 72a-sonli yo`nalishda Amir Temur ko`chasi bo`ylab Osiyo ko`chasi tomonga boshqarib borayotib, "Minor" metro stansiyasi binosi qarshisida yo`lning qatnov qismini piyodalar uchun belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan va yo`ldagi avtotransport vositalari orasidan to`satdan chiqib qolgan piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi bo`yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l xarakati xavfsizligi tergov bo`limi xodimlari tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan xizmat surishtiruvi o`tkaziladi.
"Hurmatli piyodalar! Yo`llarda harakatlanayotganingizda yo`l xarakati qoidalariga rioya qilishingizni, yo`lning qatnov qismini piyodalar o`tishi uchun belgilangan joyidan kesib o`tishingizni va e`tiborli bo`lishingizni so`raymiz!" - deyiladi xabarda.






