1

Namanganda 18 yoshli fuqaro qariyb 500 dollarni "tuya qildi"

Jinoyat 20.12.2021, 09:38
Namanganda 18 yoshli fuqaro qariyb 500 dollarni "tuya qildi"

Namanganda 18 yoshli fuqaro qariyb 500 dollarni o`g`irlab ketdi. Viloyat IIB ushbu jinoyatdan xabardor qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 dekabr kuni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 dan soat 18:00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs, yashash uyi eshigini buzib kirib, xonadonida bo`lgan sumkasi ichidan 300 AQSh dollari va 160.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Mingbuloq tuman IIB EKB eksperti tomonidan hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida olingan 7 dona qo`l barmoq izlari Namangan viloyati IIB EKBning shaxsni identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilganda, 2 dona barmoq izlari, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2003 yilda tug`ilgan fuqaroni o`ng qo`l bosh barmog`i va ko`rsatkich barmog`iga mos kelganligi aniqlanib, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida taxminlar tasdig`ini topadi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat bo`yicha hozirda Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021yil 14 dekabr kuni JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1