AsosiyJinoyat

Buxoroda 42 yoshli erkak o`z o`g`lini pichoqlab o`ldirdi

'Buxoroda 42 yoshli erkak o`z o`g`lini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

2021 yilning 30 dekabr kuni soat 18:30 larda, G`ijduvon tumani Denov mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan S.Z. spirtli ichimlik iste`mol qilgan mast holatda, o`zining yashash uyida 2004 yilda tug`ilgan o`z o`g`li U.N. bilan o`zaro janjallashib qolgan.

Ma`lum bo`lishicha, jahlini jilovlay olmay o`g`lining qorin sohasiga oshxona pichog`i bilan og`ir tan jarohati etkazgan. 

Natijada U.N. ko`rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan og`ir tan jarohati sabab tuman kasalxonasida vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Holat yuzasidan G`ijduvon tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan S.Z.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi qamoqqa olingan.

Boshqa yangiliklar