Rahbar Mikrokreditbank Samarqand filiali boshqaruvida bo`lgan. Zamon.uz' nashri bu haqda xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, rahbar tadbirkorga 2 mlrd. so`m kredit ajratib berish uchun 10 ming dollar pora talab qilgan va pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
Davlat Xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Samaraqand viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Unda Mikrokreditbank filiali rahbari, 1982 yilda tug`ilgan fuqaro Samarqand shahrida joylashgan MChJga 2 mlrd. so`m kredit ajratib berish uchun 6 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Qayd etilishicha, hozirda mansabdorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda