AsosiyJinoyat

Chilonzorda kuchli ta`sir qiluvchi dorlarni sotuvchilar qo`lga olindi

'Chilonzorda kuchli ta`sir qiluvchi dorlarni sotuvchilar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqarolar S.S. va N.M.lar o`zaro til biriktirib, 56 dona “Regapen” va 15 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar