AsosiyJamiyat

⚡️⚡️RASMAN: Xodjaev bosh vazir o`rinbosari bo`ldi

'⚡️⚡️RASMAN: Xodjaev bosh vazir o`rinbosari bo`ldi'ning rasmi

Bir muddat avval deputatlar O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investisiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo`yicha o`rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjaev nomzodini ko`rib chiqib, ma`qullashgandi.

Davlat rahbari farmoni bilan Abduhakimovich mazkur lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, tayinlovdan oldin mansabdor Qishloq xo`jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan avval Tashqi savdo vaziri bo`lib ishlagan. Shuningdek, O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, g`aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa departamentlar ishini muvofiqlashtirgan.

Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi o`rinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning to`liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan, O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasini tashkil qilish, uning faoliyatini tartibga solishning to`laqonli me`yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek Jamg`arma resurs bazasini yanada mustahkamlash bo`yicha takliflarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.

2021 yil 10 sentyabrdan boshlab Jamshid Xodjaev Toshkent Davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga ham tayinlandi.

Ma`lumot uchun, Jamshid Xodjaev 1979 yilda Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida tug`ilgan. 2000 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. J.Xodjaev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg`armasining stipendiyasi sohibi. 2002 yilda Evropa Davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan so`ng 2003 yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo`yicha MVA darajasiga ega bo`lgan.

Commerzbank (Germaniya), XVJ (AQSh), Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQSh), Rossiya Banki (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) kabi qator xorijiy tashkilotlarning trening va o`quv kurslarida qatnashgan.

    Boshqa yangiliklar