Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning G`ijduvon tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.D. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yish evaziga 3,8 mln so`mni tanishining plastik kartasiga o`tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






