Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “A.” MChJ xodimi M.Q. fuqaro J.ga tanishlari yordamida “V” toifali haydovchilik guvohnomasini o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, shu kabi, Quvasoy shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Q.M.” MChJ xodimi I.M. fuqaro A.ga “B” va “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSh dollari va 500 ming so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






