Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro D.V. boshqa bir fuqaro A.ni tanishlari orqali Qozog`iston Respublikasidagi universitetlardan biriga to`g`ridan-to`g`ri 3-kursiga o`qishga kiritib, keyinchalik o`qishini O`zbekistonga ko`chirib berishi evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, D.V. fuqaro M.ni qo`shni Tojikiston Respublikasidagi universitetga o`qishga kiritib, O`zbekistonga ko`chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollari olganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.G. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari orqali Ukraina Respublikasidagi universitetlardan birida o`qiyotganligi haqida hujjat qilib, o`qishini Guliston Davlat universitetiga ko`chirib berish evaziga 3 200 AQSh dollari so`rab, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






