AsosiyJinoyat

Andijonda uyida qo`shmachilik bilan shug`ullanib kelgan ayol qo`lga olindi

'Andijonda uyida qo`shmachilik bilan shug`ullanib kelgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati IIB odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan qo`shmachilik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 18 iyul kuni Andijon shahar hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Unda Andijon shahrida yashovchi ayol P.Z yashash xonadonida Izboskan tumanida yashovchi ayol G.G. hamda Andijon shahrida yashovchi ayol A.R.larni shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida saqlab, xolis mijozdan oldindan olingan kimyoviy ishlov berilgan 600.000 (olti yuz ming) so`m pullar evaziga mijoz bilan jinsiy aloqa qilishi uchun yashash xonadonida barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

Fuqaro P.Z.dan kimyoviy ishlov berilgan 600.000 (olti yuz ming) so`m pullar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar