Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro R.N. davlat zaxirasidagi 2 sotix er maydoniga tegishli hujjatlarni noma`lum shaxslar orqali qalbakilashtirish yo`li bilan turmush o`rtog`ining nomiga rasmiylashtirib, ushbu er maydonini o`zaro og`zaki kelishuvga ko`ra fuqaro J.ning nomiga ishonchnoma berish orqali 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






