AsosiyJinoyat

Ohangaronda 26 yoshli yigit osilgan holatda topildi

'Ohangaronda 26 yoshli yigit osilgan holatda topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda yosh yigit katta ehtimol bilan o`ldirilib, daraxtga osib ketilganligi haqida xabar chiqarilgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 19 iyul kuni Ohangaron tumani, Alisher MFY hududidagi yo`l yuzida joylashgan daraxtda 26 yoshli erkakning murdasi bo`yin sohasidan osilgan holatda topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhumning o`limi bo`yin sohasini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqanligi ko`rsatilgan.

Marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

"Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar