Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho`rchi tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.U. “S.G.D.” MChJda agent vazifasida ishlab kelib, o`zining moddiy javobgarligida bo`lgan 105,8 mln so`mlik yaxna ichimliklar savdosidan tushgan pullarni o`zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborib, tadbirkorning mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






