AsosiyJinoyat

Samarqandda maktab direktorining o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi

'Samarqandda maktab direktorining o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Fuqaro A. Samarqand shahar XTBga qarashli 8-sonli ixtisoslashtirilgan maktab direktori o`rinbosari D.Z. bilan tanishib qoladi. D.Z. uning ishonchiga kirib, 400 AQSh dollari evaziga 11 yillik ta`limni olganligi to`g`risida shahodatnoma rasmiylashtirib berishini aytadi. 100 AQSh dollarini oldindan oladi, qolgan 300 AQSh dollarini olgach "ishini" bitirib berishini aytadi. Fuqar A bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murajaat qiladi. .

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, uning arizasiga asosan, 2022 yil 4 iyul kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi va shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan 8-sonli maktab binosida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, D.Z. xizmat xonasida ariza muallifidan talab qilgan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar