Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o`tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkilotning g`oyaviy ta`siriga tushib, ularning faoliyatini qo`llab-quvvatlab kelgan 8 nafar a`zosi qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, ular 22-25 yoshlardagi shaxslar bo`lib, o`zaro kelishgan holda, kelgusida Suriya davlatiga chiqib “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkiloti jangarilari safiga qo`shilishni reja qilganlar.
Hozirda holat yuzasidan qo`shimcha surushtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda.






