Toshkentning Yakkasaroy tumanida yashovchi Xitoy fuqarosining uyidan ichida 260 ming AQSh dollari bo`lgan seyf o`g`irlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 5 nafar jinoyatchi Toshkent viloyati Bo`tonliq tumanida qo`lga olingan.
Ta`kidlanishicha, ushbu o`g`rilikka 2 yil oldin sodir bo`lgan o`zaro janjal sabab bo`lgan. Xitoylik tadbirkordan dakki va tepki "egan" ishchi undan bir kun kelib qasd olishini diliga tugadi. Ikki yil o`tib, atrofiga sheriklar to`plagan ishchi xitoylikning uyidan seyfni o`g`irlab ketadi va uni buzib, ichidagi dollarlarni bo`lishib olishadi.






