AsosiyJinoyat

Shofirkonda chorva mollari keltirib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

'Shofirkonda chorva mollari keltirib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, fuqaro M.O. “A.S.” fermer xo`jaligi rahbari A. hamda fuqaro S.ning ishonchiga kirib, jami 147 bosh naslli chorva mollarini keltirib berishni va`da qilib, ularning 269,5 mln so`m pulini va 4 800 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida, fuqaro M.O. o`z aybiga iqror bo`lib, 150,5 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar