Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, “Marhamattumangaz” gaz ta`minoti bo`limi moddiy javobgar shaxslari tomonidan filial balansida bo`lgan fuqarolarning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan jami 303 dona 163,8 mln so`mlik suyultirilgan gaz ballonlari o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






