Qarshida ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro`yxatda turuvchi erkak o`z qaynsinglisi qotiliga aylandi.
Ma`lum bo`lishicha, erkak P.M. o`z qaynsinglisi D.R. ga og`ir tan jarohatlari etkazgan. Oqibatda qaynsingil olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro`yxatda turgan.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi taqdim etgan ma`lumoiga ko`ra, voqea yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon kilinuvchi P.M. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan.






