AsosiyJamiyat

Qarshida erkak qaynsinglisini nima sabab o`ldirgani ma`lum bo`ldi

'Qarshida erkak qaynsinglisini nima sabab o`ldirgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Qarshida ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro`yxatda turuvchi erkak o`z qaynsinglisi o`ldirib qo`ygani to`g`risida xabar bergan edik

Qashqadaryo viloyati IIB mazkur holatga oid qo`shimcha tafsilotlarni e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, Qarshi tumanidagi «Kojor» MFYda yashovchi, viloyat Asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida dispanser hisobida turuvchi ruhiy kasal P.M. 17 iyul kuni soat 07:15 larda Qarshi shahrida yashovchi qaynsinglisi R.D.ning yashash xonadoniga yashirincha tarzda kirib, «Nimaga mening oilamga aralashasan?», deya u bilan janjallashgan.

Oqibatda P.M. hovlida turgan oftoba bilan D.R.ning boshini orqasiga uch marotaba urib, unga hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari etkazib, hushsiz holatga keltirgan. Olgan tan jarohati tufayli ayol vafot etgan. Uning uch nafar farzandi bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar