AsosiyJinoyat

Buxoroda “Taftish uz” saytining muxbiriga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Buxoroda “Taftish uz” saytining muxbiriga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Jondor tumani Luqmon mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan A.Z., “Taftish uz” rasmiy internet nashrining maxsus muxbiri, o`zining vakolatiga kirmasada M.D. ismli shaxsdan boshqa bir fuqaro B.A. ning foydasiga majburiy ijro byurosi orqali undirilishi lozim bo`lgan 5.000.000 so`m moddiy zarar summasini undirishni to`xtatib qo`yish evaziga 1.000.000 so`m miqdordagi pullarni so`rab, aldov yo`li bilan avval 200.000 so`mni qo`lga kiritib, so`ng qolgan 800 000 so`m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.

Gumon qilinuvchi A.Z. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida u, yana bir holatda o`zganing mulkini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, tekin boylik ortirish maqsadida, boshqa bir fuqaroga ham o`zini “Taftish uz” rasmiy internet nashrining maxsus muxbiri sifatida tanishtirib, uning ishonchiga kirib, aldab, akasi bilan o`rtalaridagi nizoli uy bo`yicha kadastr hujjatlarini uning foydasiga rasmiylashtirib berishga yordam berishini aytib, 2022 yil aprel oyida 2.500.000 so`m pullarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi ham ma`lum bo`lgan.

 Mazkur holatlar yuzasidan “Taftish uz” rasmiy internet nashrining muhbiri Z.A. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar