Toshkent viloyati bojxona qo`mitasi boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 23 iyul kuni qo`shni davlatiga o`tish uchun “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, oyoq kiyimning ichiga yashirilgan, belgilangan me`yordan ortiqcha bo`lgan jami 20 000 AQSh dollari naqd xorijiy valyutasini olib o`tayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, xabarda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oy davomida 609,5 ming AQSh dollariga teng naqd xorijiy valyutasini bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o`tilishi bilan bog`liq huquqbuzarlik holatlari aniqlanganligi aytilmomaqda.
25.07.2022 08:22
Turli nayranglar bilan yurtimizdan xorijga olib ketilayotgan 20 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd pul postdan o`tolmadi...






