Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug`nor tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, RShTTYoIM Andijon filiali dispetcheri O.P. fuqaro M.ni ushbu filialga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo`yish hamda qo`shni davlatlardagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga sirtqi bo`limiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga, jami 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






