AsosiyJinoyat

Toshkentda erkak 4 nafar oila a`zolarini pichoqladi

'Toshkentda erkak 4 nafar oila a`zolarini pichoqladi'ning rasmi

U oilaviy janjal sabab ayoli, voyaga etmagan farzandi, qaynonasi va singlisini pichoqlagan. Bu haqda Uznews.uz sayti xabar bermoqda.

Joriy yilning 21 iyul kuni soat 21:10 atrofida fuqaro 1989 yilda tug`ilgan D.S. Chilonzor tumanida joylashgan xonadonda yashab kelayotgan turmush o`rtog`i 1994 yilda tug`ilgan D.Saitova bilan oilaviy nizo sababli o`zaro janjallashib, oshxona pichog`i bilan uni va farzandi 2005 yilda tug`ilgan M.A, ushbu xonadonda yashab kelayotgan D.Saidovaning onasi L.A. hamda singlisi N.A.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirishga suiqasd qilgan.

Joriy yilning 21 iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan D.S.ga nisbatan JKning 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish)  2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar