Kecha, 24 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 65 yoshga to`ldi. Shu munosabat bilan qator xorijiy mamlakatlarning davlat rahbarlari va nufuzli siyosatchilaridan tabriklar bildirildi. Shuningdek, o`zbek fuqarolari tomonidan ham davlat rahbari nomiga ijtimoiy tarmoqlar orqali ezgu tilaklar yo`llandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Shavkat Miromonovich qutlovlardan behad mamnunligini, tabrik yo`llagan barchadan minnatdorligini bildirgan
“Mehnatkash va bag`rikeng, ko`pmillatli xalqimizga o`zimning yuksak mehr va ehtiromimni bildirishdan behad mamnunman”, -deydi prezident.






