Kecha, 24 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 65 yoshga to`lgani munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlarning davlat rahbarlari va nufuzli siyosatchilari tomonidan tabriklar yo`llandi.
Davlat rahbari ayni damda qutlov yo`llagan barchaga minnatdorchlik bildirmoqda.
"Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin yurakdan o`zlarining samimiy tabrik va qutlovlarini yo`llab, ezgu tilaklarini bildirgan davlat va hukumat boshliqlariga, chet ellik siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bo`lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorligimni izhor etaman",-deydi O`zbekiston etakchisi.
— Ko`pmillatli xalqimiz va davlatimizga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi bo`lgan ushbu tabrik va tilaklar men uchun g`oyat qadrli bo`lib, ularni Yangi O`zbekistonni barpo etish yo`lidagi keng ko`lamli demokratik islohotlarimiz hamda mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro`-e`tibori va nufuzining yana bir e`tirofi sifatida qabul qilaman.
Mana shu quvonchli ayyomda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda hal qiluvchi kuch bo`lgan mehnatkash va bag`rikeng, ko`pmillatli xalqimizga o`zimning yuksak farzandlik mehrim va ehtiromimni bildirishdan behad mamnunman.
Ishonchim komilki, el-yurtimizning kuch-g`ayrati va bunyodkorlik salohiyati bilan qonun va adolat barcha sohalarda ustuvor bo`ladigan xalqparvar davlat va jamiyat qurish bo`yicha o`z oldimizga qo`ygan yuksak maqsadlarga albatta etamiz.
Mavzuga doir:






