AsosiyJinoyat

Samarqandda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Samarqandda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, Samarqand shahridagi “Siyob” dehqon bozori atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug`ullanib kelgan K.D. fuqarolar E. va O`.ga jami 3 000 AQSh dollarini 33 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar