Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shtepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.Sh. boshqa bir fuqaro R.ning o`qishini O`sh texnologiya universitetidan Farg`ona politexnika institutiga ko`chirib berish evaziga olgan 14 mln so`m hisobidan ixtiyoriy taqdim qilgan 200 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






