Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidada er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar bermoqda.
Ma`lumotga ko`ra, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.A. boshqa bir fuqaro U.ga Yuqorichirchiq tumanida “T.B.” MChJga ijara shartnomasi asosida berilgan er maydonining 45 sotixini 7 800 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu er maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va`da qilib, oldindan 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan. Mirobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bular ayon bo`lgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.






