Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`ston tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, “Q.F.” MChJ ta`sischisi I.G`. va Davlat kadastrlari palatasi Bo`ston tumani filiali sobiq mutaxassisi B.G`. MChJga bank filialidan ajratilgan 500 mln so`m kredit uchun garovga qo`yilgan ko`chmas mulkga ta`qiq qo`yilmaganligidan foydalanishib, soxta kadastr hujjatlarini tayyorlash orqali hududdagi boshqa tijorat banki filialidan yana qurilish ishlarini amalga oshirish uchun kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag`ining 370,7 mln so`mini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






