AsosiyJinoyat

Jizzaxdagi qarzdor g`isht sexi aholiga beriladigan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib olganligi aniqlandi

'Jizzaxdagi qarzdor g`isht sexi aholiga beriladigan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib olganligi aniqlandi'ning rasmi

Jizzax shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtakor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “J.T.” MChJga qarashli Jizzax shahrida joylashgan g`isht ishlab chiqarish sexi 471,6 mln so`m qarzdorligi sababli tabiiy gaz tarmog`idan uzilgan bo`lsa-da, korxonaning mas`ul shaxslari aholi uchun o`tkazilgan o`rta bosimli tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanganligi hamda qo`lbola usulda tayyorlangan gorelkalardan foydalanib kelganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 272,3 mln so`m zarar etkaziganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar