AsosiyJamiyat

Andijonda rahbar ayol o`zini daraxtga osib o`ldirdi

'Andijonda rahbar ayol o`zini daraxtga osib o`ldirdi'ning rasmi

Andijon viloyati prokuraturasining xabar berishicha,  joriy yilning 23 iyun kuni "Bo`z Iqbol chorvasi" MChJ rahbari N.S. Andijon viloyati Bo`ston tumanidagi “Buyuk turon chorvasi” fermer xo`jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o`zini osib, vafot etgan. 

Ta`kidlanishicha, ayni paytda holat bo`yicha Bo`ston tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek yana qayd etilishicha, fuqaro N.Sattarovaning marhum akasi rahbarlik qilgan “Bo`z Iqbol chorvasi” MChJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta`lim tashkilotlariga etkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to`lab berilmaganligi haqidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan murojaat ham Bo`ston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko`rib chiqilmoqda.

Har ikkala holat bo`yicha o`tkazilayotgan tekshiruv  viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Natijalari haqida qo`shimcha ravishda ma`lum qilinadi, deyiladi munosabatda. 

Eslatib o`tamiz, andijonlik tadbirkor Rahmiddin Mirzaev ham o`z joniga qasd qilganligi haqida xabar berilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar