AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim vazirligi Andijonda o`zini osgan tadbirkor bo`yicha munosabat bildirdi

'Maktabgacha ta`lim vazirligi Andijonda o`zini osgan tadbirkor bo`yicha munosabat bildirdi'ning rasmi

Avvalroq 46 yashar andijonlik tadbirkor Rahmiddin boy vafot etganini ma`lum qilgandik. Voqeadan hech qancha vaqt o`tmay marhumning otasi ham jon berdi.

Bo`ston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S tomonidan, marhum akasi N.Sattorov Bo`ston tumani maktabgacha ta`lim bo`limi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi bo`lib videomurojaat orqali shikoyat qilingan. Rahmiddin boy o`zini osishi bilan bog`liq xabarlar aynan shu orqali tarqalgan bo`lishi mumkin.

Ayni paytda vazirlik holatga munosabat bildirmoqda.

Ma`lum qilinishicha, videoda tilga olingan holatni o`rganish davomida tuman maktabgacha ta`lim bo`limi hamda "Boʻz Iqbol chorvasi" MChJ o`rtasida 925.6 mln. so`mga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha shartnomalar tuzilganligi va shu miqdordagi mablag`lar o`tkazib berilganligi ma`lum bo`lgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan ma`lumotlar Andijon viloyati maktabgacha ta`lim boshqarmasining 2022 yilning 22 iyuldagi xati bilan Bo`ston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surushtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga tegishli xat yuborilgan.

"Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va ta`minotchi korxona bilan maktabgacha ta`lim bo`limi o`rtasidagi to`lov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`rganish ishlari olib borilayotganligi ma`lum qilinadi",-deyiladi.

    Boshqa yangiliklar