AsosiyJinoyat

Oqlikka xiyonat! Angrenda aholiga ajratilgan qariyb 150 tonna un pullab yuborildi

'Oqlikka xiyonat! Angrenda aholiga ajratilgan qariyb 150 tonna un pullab yuborildi'ning rasmi

Mahsulotning umumiy qiymati 400 millionga yaqin bo`lgan, deya Angren shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan soxta tadbirkorlar haqida xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Ma`lum qilinishicha, departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Unda fuqarolar M. A. va T. B. soxta tadbirkorlik bilan shug`ullanib, T. ismli shaxsning nomiga “Q. S.” va “K. A.” MChJni tashkil etishib, ushbu MChJlarga davlat resurslari hisobidan ajratilgan 369 mln so`mlik jami 148 tonna un mahsulotini belgilangan dislokasiyaga asosan to`g`ridan-to`g`ri arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini ta`minlamasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan. 

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi ( soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar