AsosiyJinoyat

Namangan va Kosonda er maydonlarini sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

'Namangan va Kosonda er maydonlarini sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro O.A. boshqa bir fuqaro A.dan “A.B.” fermer xo`jaligiga tegishli 3 gektar er maydoniga tanishlari orqali tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 7 000 AQSh dollari va 32,7 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Koson tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.E. “Ya.T.” fermer xo`jaligiga tegishli 1,6 gektar er maydoniga qalbaki hujjatlar asosida egalik qilib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar